AsosiyJamiyat

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar o`qishga taklif etiladi

'Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar o`qishga taklif etiladi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar uchun tashkil etilgan kasbga yo`naltirish markazlariga o`qishga taklif etadi.

Buxoro shahar, Xalqlar do`stligi ko`chasi 4-uyda joylashgan Buxoro arxitektura va qurilish kollejida suvoqchi, bo`yoqchi, g`isht teruvchi, tikuvchi, temir beton va po`lat konstruksiyalarni montajlash, betonchi, armaturachi yo`nalishlarida;

Jizzax shahridagi Jizzax arxitektura va qurilish kollejida g`isht teruvchi, keramik plitalar (kafel) terish, suv, gaz, issiqlik tizimi va kanalizasiya quvurlarini montaj qilish (santexnika), temir beton, ko`tarma kran boshqaruvchisining yordamchisi yo`nalishlarida;

Namangan viloyati, Uchqo`rg`on tumani, Mustaqillik ko`chasi 46-uyda joylashgan Uchqo`rg`on axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida elektromontyor va tikuvchilik yo`nalishlarida;

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Fayzullo Xo`jaev ko`chasida joylashgan Shahrisabz shahridagi ishsiz va band bo`lmagan aholini kasb-hunarga o`qitish markazida elektr montajchi, elektronika va tikuvchilik yo`nalishlarida kasb-hunar o`rgatiladi.

Yo`nalishlar bo`yicha o`quv-kurslari 1 oydan 3 oygacha davom etadi va yakunida sertifikatlar beriladi.

O`quv-kurslarida bepul o`qish istagidagi fuqarolar hududidagi tuman (shahar) bandlikka ko`maklashish markazlaridan ishsizligi haqida ma`lumotnoma olib kelgan taqdirda, har bir fuqaro uchun Bandlikka ko`maklashish jamg`armasi hisobidan 4 bazaviy hisoblash miqdoridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

Ma`lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam 59)

Email: a.ergashev@migration.uz

    Boshqa yangiliklar