Xabaringiz bor, yana uch kundan so`ng O`zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi bahs yuritadi. Mazkur uchrashuvdan to`rt kun o`tib esa termamizni Yaponiya bilan bo`ladigan o`yin kutib turibdi. Kecha bosh jamoamiz poytaxtimizdagi “Jar” stadionida mashg`ulot o`tkazgani haqida ma`lumot bergan edik. Mazkur boshlangan yig`in Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa uchun oldinda turgan mas`ulyatli bellashuvlar oldidan tayyorgarlik vazifasini o`tab beradi.
O`FF rasmiy saytining xabar berishicha, Janubiy Koreya hamda Yaponiga qarshi o`rtoqlik o`yinlarida ishlaydigan hakamlar nomi ma`lum bo`ldi. Shunday qilib, 27 mart kuni, Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvni yaponiyalik hakamlar boshqarib boradi, deya xabar beradi sports.uz nashri.
Bosh hakam: Ryuji Sato
Qanot hakamlar: Toru Sagara, Toshiyuki Nagi
Yordamchi hakam: Xyong Jin Goy (J. Koreya)
Yaponiyaga qarshi uchrashuvni esa avstraliyalik hakamlar boshqaradi.
Bosh hakam: Streybr Delovski
Qanot hakamlari: Jeyms Krim; Pol Setrangolo
Yordamchi hakam: Benjamin Uilyams





