Xabaringiz bor, 29 yanvar kuni, kutilmaganda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov va uning o`rinbosari Saida Mirziyoevalar xususiy sektorda ish boshlashlarini e`lon qilib, agentlikdagi faoliyatlarini yakunlagan edi.
Bloger Laziz Hamidovning “Ular” loyihasining navbatdagi mehmoni bo`lgan Komil Allamjonov ushbu tashkilotdan nega ketgani sababini ma`lum qildi.
“Bu bizning shaxsiy qarorimiz, ya`ni jamoamizning shaxsiy qarori. Nimaga deganda, baribir, erkin ishlash, ozodlikda ishlashga bo`lgan xohish tarozisi og`irlik qildi”, deya izohlagan u.
Shuningdek, Allamjonov ushbu lavozimdan ketish tartibini ham tushuntirib o`gan. Unga ko`ra, Prezident nomiga ariza bilan murojaat qilinadi va ishdan bo`shash sabablari tushuntiriladi. Agar davlat rahbariyati ma`qul ko`rsa, ishdan bo`shatiladi.
Eslatib o`tamiz, 29 yanvar kuni lavozimidan ketgan Komil Allamjonov 31 yanvar kuni Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoeva Saida Shavkatovna uning o`rinbosari etib saylandi.






