AsosiyJamiyat

Denovda juda ko`p miqdordagi alkogol mahsulotlarini talon-toroj qilish holati fosh etildi

'Denovda juda ko`p miqdordagi alkogol mahsulotlarini talon-toroj qilish holati fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo`limi tomonidan “Denov Sharob Savdo” MChJning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi, deya ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati. 

Unda MChJning 1- va 5-sonli do`konlari mudirlari M.O., D.N va boshqalar jami 2 mlrd. so`mlik tovar moddiy boyliklar hamda alkogolli ichimliklarni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.O., D.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar