AsosiyJamiyat

IIB "Mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilarini sayyohatga olib chiqdi

'IIB "Mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilarini sayyohatga olib chiqdi'ning rasmi

 2020 yilning 11-12 fevral kunlari Termiz shahridagi 12-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilarini Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi tomonidan homiylik asosida viloyatimiz hududidagi tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayyohat tashkil etildi.

Termiz shahridagi 12-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari sayohat davomida tarix obidalar, muzeylar, diqqatga sazovor bino va inshoot maskanlarini tomosha qilishdi. Bunday sayyohatlar ularning qalbida Vatanga muhabbat tuyg`usi shakllanishiga zamin yaratish bilan birga davlatimizning boy o`tmish tarixidan xabardor bo`lishiga xizmat qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar