AsosiyJamiyat

10 martdan Toshkent-Madina-Toshkent yo`nalishida qo`shimcha reys yo`lga qo`yiladi

'10 martdan Toshkent-Madina-Toshkent yo`nalishida qo`shimcha reys yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Fuqarolarning umra safariga borish istaklarini to`laqonli ta`minlash maqsadida Toshkent-Madina-Toshkent yo`nalishida qo`shimcha 3-reysni yo`lga qo`yish bo`yicha amaliy sa`y-harakatlar olib borilmoqda. 

Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita hamda O`zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari ishtirokida «Umra safarini tashkil etish va o`tkazish» mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

10 mart kunidan boshlab Toshkent-Madina yo`nalishida 3-reys yo`lga qo`yiladi. Shunday taqdirda Toshkent-Jidda yo`nalishida 1 ta, Toshkent-Madina yo`nalishida 2 ta reys amalga oshiriladi. 

2020 yil 1 fevraldan e`tiboran, birinchi reys Toshkent-Jidda, ikkinchi reys esa Toshkent-Madina yo`nalishida amalga oshirilayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar