AsosiyJamiyat

Deputat Kusherbaev o`ziga nisbatan "informasion ataka"ga buyurtma boshlanganini ma`lum qildi

'Deputat Kusherbaev o`ziga nisbatan "informasion ataka"ga buyurtma boshlanganini ma`lum qildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, yaqin kunlar ichida O`zLiDeP vakili Rasul Kusherbaev “snos” masalasi bo`yicha qat`iy qarashlarini bildirib bormoqda. Xususan, kuni kecha, “snos” epidemiyasining ikkinchi to`lqini boshlanayotgani haqida munosabat bildirgan deputat Kusherbaev fuqarolar nafaqat bilishi, balki talab qilishi shart bo`lgan huquqlari xususida so`z yuritgan va ularni ogohlikka chaqirgan edi. Ushbu davomli chiqishlardan so`ng, Rasul Kusherbaev ayni paytda o`ziga nisbatan "informasion ataka"ga buyurtma berilganini ma`lum qildi.

“Menga qarshi bir nechta nomardlar birlashib, "informasion ataka"ga buyurtma berishibdi. Sababi shundoq ham ma`lum... 

Qamroviga qaraganda kichkina kuchlar emas. 

Shu bois, men haqimdagi hamma gapga ham ishonaverish kerakmas, nimadir gap bo`lsa o`zim ma`lum qilaman. 

Hammaga raxmat!”

Holbuki vaziyat haqida deputatning o`zi ma`lum qilmoqchi ekan, biz ham kuzatishda davom etamiz. 

    Boshqa yangiliklar