IT Park huzuridagi IT-markaz, Revochain Technology MChJ bilan birgalikda, O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ko`magida, maktab o`quvchilari orasida O`zbekistonda birinchi robototexnika tanlovi –«RoboTech» tanlovi o`tkazilishini e`lon qiladi.
Tanlovning maqsadi: robototexnika sohasida yoshlar o`rtasida ijodiy faollikni rivojlantirish va muhandislik ixtisoslarini shakllantirish;
ta`lim muassasalari o`quvchilari orasida texnik modellashtirishni ommaviylashtirish; iste`dodli va iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo`llab-quvvatlash, ularni ijodiy faoliyatga jalb etish.
«RoboTech»ning o`zi uch bosqichdan iborat bo`ladi: tuman va shahar tanlovi; mintaqaviy tanlov; Respublika tanlovi (final).
Tuman, shahar va mintaqaviy tanlov g`oliblari Intro tanlovi doirasida aniqlanadi, unda har bir jamoa o`z robotining imkoniyatlari, shuningdek, uning texnik noyob kobiliyatlarini namoyish qilishi kerak.
Intro tanlovga quyidagilar kiradi: loyiha haqida hikoya va robot va / yoki o`yin holati (10 daqiqadan ko`p bo`lmagan); hay`at a`zolarining savollariga javoblar (5 daqiqadan oshmasligi kerak);
«X» maxsus vazifasi, unda qatnashuvchilar o`zlarining robotlari uchun dastur yozishlari va robotda avval mavjud bo`lmagan funksiyalarni bajara olishini ko`rsatishlari kerak.
Robot bajarishi kerak bo`lgan vazifani hakamlar hay`ati belgilaydi.
2020 yil iyun oyida bo`lib o`tadigan musobaqaning finalida har bir mintaqadan eng yaxshi 14 jamoa uchta musobaqaning birida qatnashadi: «Robot sumo», «Robot sumo», «Line Follower», «Freestyle».
Mazkur tanlovda birinchi o`rinni qo`lga kiritgan g`olibga Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o`qish uchun shartnoma to`lovi + noutbuk sovg`a qilinadi.
Tanlovda 8 dan 11-sinfgacha bo`lgan o`quvchilar qatnashishi mumkin, ishtirok etish mutlaqo bepul.
Onlayn ro`yxatdan o`tish orqali murojaat qilishingiz mumkin: http://bit.ly/robofest_uzb






