AsosiyJinoyat

Zominda do`kondan 41 mln so`mlik avtomobil ehtiyot qismlarni o`g`irlagan shaxslar aniqlandi

'Zominda do`kondan 41 mln so`mlik avtomobil ehtiyot qismlarni o`g`irlagan shaxslar aniqlandi'ning rasmi

2020 yilning 25 dan 26 yanvarga o`tar kechasi noma`lum shaxslar Dashtobod shahrida joylashgan “Avto ehtiyot qismlar” do`koniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, do`kondan 41.200.000 so`mlik har xil turdagi avtomashinalarning ehtiyot qismlarini o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIV huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joy omborga g`ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan, o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 25 yoshli N.M., 22 yoshli N.U. va 19 yoshli D.A. lar sodir qilganligi aniqlanib, ulardan o`g`irlangan mulkning aksariyat qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, jinoyatlari fosh etilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha N.M., N.U. va D.A. lar gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, N.M. va N.U. lar prosessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar