Namangan shahar adliya bo`limi tomonidan “Mehnatkashlarning oylik ish haqi” aksiyasi tashkil qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabari qildi.
Tadbir doirasida o`tkazilgan monitoringlar davomida Namangan davlat o`rmon xo`jaligi tomonidan xodimlarga 2019 yil noyabr va dekabr oylari uchun 158 373 565 so`m ish haqi to`lab berilmagani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan o`rmon xo`jaligiga 158 373 565 so`m ish haqini to`lab berish to`g`risida taqdimnoma hamda mansabdor shaxsni ma`muriy javobgarlikka tortish to`g`risida taklif kiritilgan. Bu xildagi monitoring boshqa tashkilotlarda ham olib borilmoqda.






