Dushanba kuni Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining tibbiy ekspertlaridan iborat guruhi koronavirus tarqalishini tekshirish uchun Xitoyga etib kelishdi, dedi tashkilot rahbari Tedros Adhanom Gebreyses. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
Tedros yanvar oyi ohirida Pekinda Xitoy Xalq Respubilkasi raisi Si Szin Pin va xitoylik vazirlar bilan koronavirusni JSST ekspertlari tekshirishlari uchun muzokaralar olib borgan.
Uning aytishicha, Xitoy hukumati ekspertlar guruhiga ruhsat berishi uchun ikki hafta vaqt kerak bo`ladi.
Hozirgacha Xitoyda 40,235 nafar odamda koronavirus borligi tasdiqlangan va 909 kishi bu kasallikdan vafot etgan.
Shuningdek, Xitoydan tashqari yana 24 mamlakatda 319 kishi virusni yuqtirib oldi va bir kishi epidemiya qurboni bo`lgan.
«So`nggi kunlarda Xitoyga bormagan odamlarda ham kasallik aniqlandi, masalan, kecha Fransiyada va bugun Buyuk Britaniyada virus qayd etilgan holatlarga guvoh bo`ldik. Ushbu kam sonli holatlarning aniqlanishi ko`p sonli odamlar kasallanishi mumkinligiga ogohlantirishdir. Ammo,hozirgi vazifamiz uni keng miqyosda tarqalishini oldini olishdan iborat” deydi Tedros Adhanom Gebreyses.
Tedros dunyodagi mamlakatlarni virus bo`yicha yordam berishga chaqirar ekan, uni global muammo ekanini alohida ta`kidladi.
«Bu, butun dunyo uchun ogohlantiruvchi qo`ng`roqdir. Bu epidemiya bizning umumiy dushmanimizdir. Biz koronavirusga yakdillik bilan qarshilik qilsakkina uni engishimiz mumkin.”






