AsosiyJamiyat

Andijonda reyd: siri fosh bo`lgan oilaviy korxona zararni to`liq qopladi

'Andijonda reyd: siri fosh bo`lgan oilaviy korxona zararni to`liq qopladi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tuman hududida joylashgan non ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi oilaviy korxona rahbari X.K.  o`zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog`iga ulanib, tabiiy gazdan shartnomasiz noqonuniy foydalanib kelayotganlik holati aniqlangan.

Hisob-kitob natijalariga ko`ra, egasining bunday o`zboshimchaligi oqibatida ta`minotchi korxona manfaatlariga 6 mln 557 ming 760 so`m zarar etkazilgan. 

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbari X.K. etkazilgan 6 mln 557 ming 760 so`m zararni to`liq qoplaganligi sababli Jinoyat prosessual kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikdan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar