AsosiyJamiyat

Onkogematologik kasallikka chalingan bemorlarni sog`lomlashtirishga ko`maklashish jamg`armasi tashkil etildi

'Onkogematologik kasallikka chalingan bemorlarni sog`lomlashtirishga ko`maklashish jamg`armasi tashkil etildi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin bo`lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”giPrezident Qarori bilan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti negizida Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.

Markaz Sog`liqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarining gematologiya bo`limlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi.

2020 yil 1 apreldan boshlab Markazga Sog`liqni saqlash vazirligining respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini yuritish bilan bog`liq amaldagi tartib tatbiq etiladi.

Sog`liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Onkogematologik va davolash qiyin bo`lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog`lomlashtirishga ko`maklashish jamg`armasi tashkil etildi. 

Jamg`arma mablag`lari hisobidan tashxis qo`yiladigan va davolanadigan onkogematologik va davolash qiyin bo`lgan kasalliklar ro`yxati Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Avvalroq Prezident Qarori bilan O`zbekistonda gematologiya xizmatini rivojlantirish uchun 546,5 mlrd so`m va 70,7 mln dollar ajratilishi haqida xabar bergandik.

    Boshqa yangiliklar