AsosiyJamiyat

Buxoroda Milliy gvardiya xodimlari bankda tutqanog`i tutgan bemorni qutqarib qoldi

'Buxoroda Milliy gvardiya xodimlari bankda tutqanog`i tutgan bemorni qutqarib qoldi'ning rasmi

Buxoroda Milliy gvardiya xodimlari bankda tutqanog`i tutgan bemorni qutqarib qoldi. 

Xalq banki G`ijduvon filialiga pul olish maqsadida kelgan fuqaro Telmon Haydarov o`z navbatini kutish uchun bank binosida fuqarolar uchun tashkil etilgan o`rindiqqa o`tiradi. Oradan biroz vaqt o`tib tusatdan fuqaro qaltirab baqira boshlaydi va erga yiqiladi. Bankda o`z xizmat vazifasini o`tayotgan O`zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Buxoro viloyat Qo`riqlash boshqarmasi 10-Alohida otryad xodimilari safdorlar Davronov Muxriddin hamda Maxmudov Azizbeklar tez tibbiy xodimlari etib kelgknga qadar fuqaroga darhol birinchi tibbiy yordam ko`rsatish choralarini ko`rishadi 

Azizbek Maxmudov-safdor- "Shu kuni biz ertalabgi yuriqnomani olib ish boshlaganimizdan keyin sherigim bilan xizmat vazifamizni o`tayotganimizda fukar Telmon Xaydarov bankga kirib keldi. Kutib turgan vaqtida birdan baqirdi va erga yiqildi. Xamkasbim bilan uning oldiga darhol etib bordik va yordam berishga harakat qildik. Qarasak uning tutkanog`i tutayotgan ekan. bu vaqtda qanday harakatlanish kerakligi bo`yicha bizda tushunchamiz borligi sababli uni darhol chalqancha yotqizib, qoshiq orqali tilini ushlab turdik va nafas olishini ta`minladik"

Shundan sung voqea joyiga etib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari bemor holatini nazoratdan o`tkazganidan so`ng bemor xolati yaxshilandi. Shifokorlarning fikricha, bemorga Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan o`z vaqtida va to`g`ri birinchi yordam ko`rsatilgan.

Tez tibbiy yordam shifokorining so`zlariga ko`ra, agar Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o`z vaqtida kerakli yordam ko`rsatmaganida fuqaro voqea joyida vafot etishi ham mumkin bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar