AsosiyJamiyat

“Chiroqchi paxta tozalash” mansabdorlarining kirdikorlari fosh bo`ldi

'“Chiroqchi paxta tozalash” mansabdorlarining kirdikorlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Chiroqchida juda ko`p miqdordagi paxta xom-ashyosini talon-toroj qilish holati aniqlandi, deya ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “Chiroqchi paxta tozalash” AJda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Chiroqchi paxta tozalash” AJning mansabdor shaxslari hamda jamiyat katta tovarshunosi Sh.T. o`zlariga ishonib topshirilgan umumiy narxi 2,1 mlrd. so`mlik 545,6 tonna paxta xom-ashyosini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Chiroqchi paxta tozalash” AJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar