AsosiyJamiyat

Xorazmda jamiyat rahbari gazdan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi

'Xorazmda jamiyat rahbari gazdan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi'ning rasmi

Bog`ot tumanida gazdan noqonuniy foydalanishga chek qo`yildi, deya xabar qildi MIB.

Xonadoningizda, shuningdek xo`jalik faoliyatingizda foydalanib kelinayotgan tabiiy gaz va elektr energiyasini iste`molga etkazilgunga qadar qanchalik mashaqqatli mehnat talab qilishini hech o`ylab ko`rdingizmi?

Bog`ot tumani, “Beshariq” qishlog`i, “Nurli Maskan” mahallasida joylashgan korxona rahbari J.Avezov esa bu haqda hech ham o`ylab ko`rmagan, shekilli. Qachonki, MIB.ning Bog`ot tumani bo`limi xodimlari jamiyatga borib, tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi o`rganilganda, jamiyat rahbari tomonidan  ta`minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan, hech qanday ruxsat beruvchi   hujjatlarsiz, o`zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga ulanganligi va foydalanib kelayotganligi aniqlanib, xujjatlashtirilgan.

Endilikda jamiyat rahbari etkazilgan zarar bilan birga qayta ulash xarajatlarini ham qo`shib to`lashiga to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar