AsosiyJamiyat

Toshkentda “Neksiya” operasiyasi fosh etildi

'Toshkentda “Neksiya” operasiyasi fosh etildi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimilari mamlakatimiz hududiga majburiyatnoma asosida olib kirilgan va qaytarib olib chiqilmagan avtotransport vositalarini aniqlash borasida Toshkent shahrida tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro J.D. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina belgilangan tartibda ekspertizadan o`tkazildi.

Natijada, avtomashina muqaddam Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali qayta olib chiqish majburiyati asosida olib kirilib, muddatida olib chiqilmasdan, avtomashinani kuzov identifikasion raqamlari o`zgartirilib, ushbu Neksiyani oldin yonib ketgan avtomashina davlat raqami belgisi bilan boshqarib yurilganligi aniqlandi.

Hozirda qiymati 45 million so`mni tashkil etuvchi ushbu avtomashina vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari  davom ettirilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar