AsosiyJamiyat

Jizzaxlik erkak rashk sabab tanish ayolining erini pichoqladi, keyin esa o`ziga urdi

'Jizzaxlik erkak rashk sabab tanish ayolining erini pichoqladi, keyin esa o`ziga urdi'ning rasmi

2020 yil 09 fevral kuni taxminan soat 20:45 da muqaddam sudlangan 52 yoshli Q.A., o`ziga oldindan tanish bo`lgan 39 yoshli D.J (ayol)ning yashash xonadoniga borib, D.J.ning bugungi kundagi turmush o`rtog`i 67 yoshli F.X. bilan o`zaro rashk tufayli tortishib qolishi natijasida, o`zi bilan olib kelgan pichoq bilan F.X.ning qorin sohasiga bir marotaba urib tan jarohati etkazgan va shu pichoq bilan o`ziga ham jarohat etkazgan.

Natijada F.X. va K.A. lar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

    Boshqa yangiliklar