Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining 2019 yil 20 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor F.A.dan undiruvchi “Orient Finans”XATB bank foydasiga 86.665.494 so`m miqdoridagi kredit qarzdorligi hamda davlat foydasiga 1.684.387 so`m undirish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud edi. Biroq, qarzdorlik o`z vaqtida bartaraf etmaganligi sababli sudning hal qiluv qaroriga asosan undiruv garov mulki hisoblangan, fuqaro F.A. ga tegishli bo`lgan “Lasetti 2” avtotransport vositasiga qaratilgan davlat ijrochisi tomonidan qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilingan.
Mazkur ijro xujjati yuzasidan majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo`limi davlat ijrochisini qonuniy talablarini bajarmasdan, qarzdorligini to`lamasdan kelayotganligi sababli qarzdor F.A.ga tegishli bo`lgan “Lasetti 2” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e`lon qilingan bo`lib, Yunusobod tuman bo`limining Axborot ta`minoti va qidiruv shu`basiga ijro qilishlik uchun yuklatildi.
MIBning ma`lum qilishicha, bo`limning qidiruv bo`yicha inspektori tomonidan tezkor qidiruv chora-tadbirlari natijasida qarzdor tomonidan avtotransport vositasi yashirib qo`yilgan joyi aniqlanib topildi.
Holat bo`yicha qarzdorga nisbatan qarzni qasddan to`lamay yurishi oqibatlarga olib kelishini, avtotransport vositasini yashira olmasligi tushuntirildi, natijada qilgan xatosini tushungan qarzdor F.A. 86.665.494 so`m zararini to`liq bartaraf etdi.






