AsosiyJamiyat

Namanganda Milliy gvardiya xodimi cho`kayotgan ayolni qutqarib, o`zi cho`kib ketdi

'Namanganda Milliy gvardiya xodimi cho`kayotgan ayolni qutqarib, o`zi cho`kib ketdi'ning rasmi

Namanganda cho`kayotgan ayolni qutqarib qolgan Milliy gvardiya xodimining o`zi cho`kib ketdi. Bu haqda Aniq.uz xabar berdi.

Voqea bugun, 10 fevral kuni soat 10:00 larda sodir bo`lgan. Milliy gvardiya qo`riqlash xizmati xodimi A. Abdulvoxidov Uychi tumanidan oqib o`tuvchi Norin daryosida cho`kayotgan ayolni ko`rib qoladi. So`ng yigit shu zahoti o`zini suvga tashlab, ayolni qutqarib qoladi va uni sherigiga topshiradi. Lekin suvning oqimi tez bo`lgani, havoning sovuqligi uchun uning tomirlari tortishib qolishi natijasida kuchli oqim Abdulvoxidovni oqizib ketgan. 

Keyinchalik suvga o`zini tashlagan ayol 1994 yilda Namangan tumanida tug`ilgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro`yxatda turuvchi N.O. ekani ma`lum bo`lgan.

Hozirda Milliy gvardiya xodimining holati ma`lum emas va uni qidirish ishlari olib borilmoqda.
 

Boshqa yangiliklar