Qirg`izistondagi «Madaniyat» nazorat-o`tkazish punktidagi chegarachilar tibbiy maqsaddagi buyumlarni noqonuniy olib o`tishga uringan O`zbekiston fuqarosini qo`lga oldi. Bu haqda Qirg`iziston davlat chegara xizmati matbuot xizmatiga tayanib, KNews xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Qirg`izistondan O`zbekistonga qarab yo`l olgan 2000 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi O.A.ning qo`l yukini ko`zdan kechirish vaqtida 300 dan ortiq tibbiy niqob topilgan. Buyumlarning tegishli hujjatlari bo`lmagan.
Qirg`iziston hukumatining 3 fevraldagi qaroriga binoan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni Qirg`iziston hududidan olib chiqishga 6 oy muddatga vaqtincha taqiq qo`yilgan bo`lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, O.A. Qirg`iziston Ichki ishlar vazirligining hududiy bo`linmasi xodimlariga topshirilgan.






