AsosiyJamiyat

Boshqaruvni yo`qotish oqibatida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi

'Boshqaruvni yo`qotish oqibatida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi'ning rasmi

8 fevral kuni soat 00:20 larda Xorazm viloyati, Qo`shko`pir tumanida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, haydovchi Urganch tumanida yashagan, 1957 yilda tug`ilgan, A.Ya. “Damas” rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib, boshqaruvni yo`qotishi natijasida qarama-qarshi yo`nalishda kelayotgan Xiva tumanida yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan, Sh.M. boshqaruvidagi “Moskvich-412” rusumli avtomobil bilan to`qnashgan. Natijada “Damas” haydovchisi A.Ya. tan jarohati olib, vokea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

“Moskvich-412” rusumli transport vositasi yo`lovchisi Xiva tumanida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan F.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Yuqoridagi va shunga o`xshagan holatlarning oldini olish uchun IIV YHXBB harakat ishtirokchilaridan yo`l harakati qoidalariga amal qilib, belgilangan tezlik talablari, yo`l belgilari va svetofor ishoralariga rioya qilishni so`raydi.  

Boshqa yangiliklar