Joriy yilning 9 fevral kuni soat 22:03da, Sirdaryo tumani Sirdaryo shahar Shirin mahallasi Ulug`bek ko`chasi 339-uyning hovlisidagi avtogarajda yong`in sodir bo`lgan. Buning oqibatida avtoturargoh tom-shift qismining 40 m.kv. yongan.
Yong`in-qutqaruv guruhi voqea joyiga soat 22:10da etib borib, yong`in soat 22:12da qurshab olindi va soat 22:55da batamom o`chirilgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining sayi-harakatlari natijasida yong`indan avtogarajga tutash bo`lgan yashash uyining 150 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Yong`in qo`lbola isitish pechini nazoratsiz qoldirish natijasida sodir bo`lgan.
Baxtsiz hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan.






