Bojxona chegaralari orqali zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro B.K. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona to`lovlarisiz olib kirish me`yoridan ortiqcha bo`lgan umumiy qiymati 153 million so`mlik 460,52 gramm sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






