AsosiyJamiyat

Qurilish sohasida AKTni rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi

'Qurilish sohasida AKTni rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qurilish sohasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy Axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan Qurilish sohasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi.

Qurilish vaziriga, zarurat bo`lganda, markaz tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Markaz direktori va o`rinbosari qurilish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Ma`lumot uchun, Qurilish sohasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi Prezidentning 2019 yil 20 sentyabrdagi PQ-4464-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar