Joriy yilning 5 fevral kuni Termiz arxeologiya muzeyi xodimlari tomonidan tadqiq qilina boshlangan Termiz tumanidagi Zo`rmola yodgorligi yaqinida joylashgan, Kushon podsholigi davriga oid oziq-ovqat saqlanadigan omborxona keng jamoatchilik e`tiborini o`ziga qaratmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Bu borada qizg`in amaliy ishlar olib borilmoqda, xususan Surxondaryo viloyatihokimi To`ra Bobolov mazkur ob`ektga tashrif buyurdi va ishchi guruhga o`zining tavsiyalarini berdi. U yodgorlikni turizm sayohat yo`nalishiga qo`shish taklifini kiritdi.






