AsosiyDunyo

Xitoyda Amerika fuqarosi koronavirusdan vafot etdi

'Xitoyda Amerika fuqarosi koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

60 yoshli amerikalik yangi koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Tarjumon yozdi

Bu, Xitoydan boshqa davlat fuqarolarining ilk marta ushbu epidemiyadan vafot etishi xolatidir.

“Amerikalik erkak payshanba kuni Xitoyning Uhan shahrida vafot etdi”, deya xabar beradi shanba kuni Pekinda joylashgan AQSh elchixonasi vakili. Ammo u batafsil ma`lumot bermagan.

Virus o`zi shundoq ham zaiflashgan Xitoy iqtisodiyotiga zarba bo`ldi.”Goldman Sachs” kompaniyasi yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot o`sishini 5,6% dan 4% gacha qisqartirdi va vaziyat bundan-da yomonlashishi mumkinligini aytdi.

«Vaziyat keyingi haftada normal holatga qaytmasligi aniq», deydi Xitoy iqtisodchisi Julian Evans-Pritchard.

JSST ma`lumotlariga ko`ra, 8 fevralgacha virus qurbonlari soni 723 taga etdi va 34,598 nafar inson epidemiyani yuqtirib oldi. O`lim holatlarining aksariyati Uhan va uning atrofida qayd etilgan.

Virus Xitoydan tashqari yana 27 ta mamlakatga tarqalgan va 330 dan ortiq odam uni yuqtirgan.

    Boshqa yangiliklar