Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi arafasida Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari tomonidan «Rahmat senga qadrdon maktabim!» shiori ostida kitob aksiyasi o`tkazildi. Bu haqda DXX Axborot xizmati ma`lum qildi.
DXX harbiy xizmatchilari sevimli asarlari sirasiga kiruvchi 25 mingdan ortiq adabiyotlarni xarid qilib, joriy yilning 5—8 fevral kunlari respublikaning 200 ga yaqin umumta`lim maktablariga topshirdi.
Maktablar kutubxonasidan joy olgan 100 dan ortiq nomdagi jahon adabiyotiga taalluqli bo`lgan asarlar va 135 ta mumtoz adabiyot namunasi, jumladan, Alisher Navoiyning «Xamsa», Amir Temurning «Temur tuzuklari», Abdulla Qodiriyning «O`tkan kunlar», Yulian Semyonovning «Bahorning o`n etti lahzasi» nomli kitoblari o`quvchilarning o`z bilimi va dunyoqarashini oshirish uchun xizmat qiladi, deyiladi xabarda.






