AsosiyJamiyat

Andijon – Ufa – Andijon yo`nalishida muntazam poyezd qatnovi yo`lga qo`yildi

'Andijon – Ufa – Andijon yo`nalishida muntazam poyezd qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida "O`zbekiston temir yo`llari" AJ tomonidan Andijon – Ufa – Andijon xalqaro yo`nalishida yo`lovchi poyezdining muntazam qatnovi boshlanadi.  №№371/372-sonli Andijon – Ufa – Andijon yo`nalishida yo`lovchi poyezdining muntazam qatnovi bugun soat 20: 15 da boshlanadi.    

Endilikda vodiy viloyatlaridan mazkur yo`nalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yo`lovchilar Andijon,  Marg`ilon,  Qo`qon va Pop vokzallaridan jo`nashlari mumkin.  

Chiptalarni joylardagi chiptaxonalaridan xarid qilish mumkin yoki electron tarzda,  e-ticket@railway.uz sayti va uning mobil ilovalari orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

    Boshqa yangiliklar