AsosiyJamiyat

7 yashar bolakayni IIB xodimi qutqarib qoldi

'7 yashar bolakayni IIB xodimi  qutqarib qoldi'ning rasmi

Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro Gagarin ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uyning 3-qavatida joylashgan xonadonlardan birining balkoni tashqi tomoni derazasida, bolakay osilib qolganligi to`g`risidagi xabarni etkazadi, bu haqda Samarkand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qilmoqda. 

Xabarni olgan xodimlar, zudlik bilan, bolakayga yordam ko`rsatib uni xayotini saqlab qolish maksadida, IIB xodimlari Sh.Narzullaev va X.Baxronovlar shu ko`p qavatli uyda yashovchi, fuqarodan odyol olib, shu erda to`planib turgan fukarolar bilan birgalikda bolakay 3-kavatdan tushib ketgan takdirda uni ushlab qolish uchun xavfsizlik choralarini ko`rishadi.

Serjant J.Ismatov, F.Umurqulov xamda safdor I.Abdusattarovlar zudlik bilan ko`p qavatli uyning 3-qavatiga chiqishib, xonaning eshigini taqqilatishganida xonadonda hech kim yo`qligi ma`lum bo`ladi. Shundan so`ng xodimlar zudlik bilan pastdan lom olib kelib, bolakayni qutqarib qolish maqsadida, ushbu xonaning eshigini lom bilan buzishib, xona ichkarisiga kirib, derazaga osilib turgan, 2013 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan, Gafurov Islombekni qutqarib olishdi. Bolakay onasiga soppa-sog` topshirildi.

Islombekning onasi 1990 yilda tug`ilgan, X.F. bilan suhbatlashilganda u farzandini uxlatib, o`zining shaxsiy yumushlari bilan tashqariga chiqib ketganligi ma`lum bo`ldi. Bolakayning onasi bilan profilaktik suhbat o`tkazilib, kelgusida farzandini uyda qarovsiz qoldirib ketmasligi bo`yicha ogohlantirildi.

Ushbu holatda tashabbus ko`rsatgan fukarolar, Daminova Saodat hamda Kamilova Matlubalarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi o`zining minnatdorchiligini bildiradi.

Achinarlisi shuki, olib borilayotgan ko`plab profilaktik ishlarga qaramay fuqarolarimiz orasida farzand tarbiyasi borasida hanuzgacha befarqlik, loqaydlik holatlari uchramoqda. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarimizdan farzandlarini yolg`iz, qarovsiz qoldirib ketmasliklari, ularga e`tiborli bo`lishlarini so`raydi.

    Boshqa yangiliklar