Avvalroq, o`smir yigit harakatdagi mashinalarni to`xtatib qo`yib, Toshkentdagi markaziy chorrahaning o`rtasida raqsga tushgani aks etgan videoni taqdim etgan edik.
Mazkur holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 2 fevral kuni soat 23:10larda Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro F.M. “Spark” rusumli transport vositasida Chilonzor tumani, TXAY-Bunyodkor ko`chasi, Chilonzor metrosi chorrahasiga harakatlanib kelgan va tanishlari orasida o`ziga e`tiborni tortish maqsadida transport vositalari serqatnov ekanligini bila turib, avtomobillar svetoforining qizil chirog`i yongan vaqtda yo`lga yugurib chiqqan va yo`l o`rtasida turli jamoat tartibini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etgan.
Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan fuqaro F.M. Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 3-batal`on xodimlari tomonidan aniqlanib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 183-moddasi ko`ra bayonnoma rasmiylashtirilgan.
"Hurmatli harakat ishtirokchilari yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga rioya qilib, harakatlanish madaniyatiga amal qilishinizni so`rab qolamiz", — deyiladi Boshqarma xabarida.






