AsosiyDunyo

Koronavirus: qurbonlar 800 nafardan oshib ketdi

'Koronavirus: qurbonlar 800 nafardan oshib ketdi'ning rasmi

Yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni bir oydan sal ko`proq vaqt ichida 2002-2003 yillarda avj olgan atipik zotiljam (SARS) epidemiyasi qurbonlari sonidan oshib ketdi.

8 fevral holatiga ko`ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 89 nafarga ko`payib, 811 nafarga etdi, deya yozdi "kun.uz"/

Virus o`chog`i hisoblangan Xubey provinsiyasida 81 kishi, Xenanda 2 kishi, Xebey, Xeylunszyan, Anxuey, Shandun, Xunan va Guansi-Chjuan provinsiyalarida bir kishidan vafot etgan.  

Kasallanganlar soni 37198 nafarga etgan, 2649 kishi sog`ayib ketgan.

Xitoydan tashqarida Hongkong va Filippinda bittadan o`lim holati qayd qilingan.

Bir kun avval Xitoyda virus qurbonlari soni 722 nafarni, kasallanganlar 34,5 ming nafarni tashkil qilayotgani ma`lum qilingandi. 

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, 2003 yil 31 dekabrga ko`ra, SARS’dan o`lim holatlari deyarli 30 davlatda qayd qilinib, qurbonlar soni 774 nafarni tashkil qilgan.   

    Boshqa yangiliklar