O`rta Osiyo mamlakatlari bo`yicha yangi xalqaro tashkilot – O`rta Osiyo MMA konfederasiyasi tuzildi.
Ma`lum bo`lishicha, bugun 9 fevral kuni Qozog`iston poytaxti Nur-sulton shahrida Xalqaro aralash jang san`atlari federasiyasi (IMMAF) kengashining navbatdagi yig`ilishi yakuniga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tgan.
Unda O`rta Osiyo MMA konfederasiyasi tuzilib, uning rahbari etib O`zbekiston aralash jang san`atlari assosiasiyasi prezidenti va O`zbekiston Triatlon federasiyasi raisi Otabek Umarov tayinlangan. Shuningdek, xalqaro tashkilotning vise-prezidenti lavozimlariga Iskander Karim va Valixan Ten tayinlangan.
O`zbekiston aralash jang san`atlari assosiasiyasi prezidenti Otabek Umarov yangi tuzilgan prezidenti etib tayinlandi, deya ma`lum qildi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.






