Xitoyning Uxan shahrida yana bitta koronavirusni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona foydalanishga topshirildi. Bu haqda Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi xabariga tayanib LB.ua ma`lum qildi.
Bu shifoxona 1600 nafar bemorga mo`ljallangan bo`lib. endilikda, virus aniqlangan bemorlar shu erga joylashadi. Yangi shifoxonada 2000 nafar shifokor faoliyat olib bormoqda.
Mazkur shifoxona 79 ming kvadrat metr maydonni egallagan, undagi 10 ta bino tibbiyot xodimlari va logistika amaliyotlari uchun mo`ljallangan. Bu erda shifokorlar uchun 264 ta xona ajratilgan bo`lib, har birida uchta karovot, kondisioner, televizor, alohida hojatxona va dush mavjud.
Ahvoli og`ir bemorlar uchun alohida maxsus xonalar bor.
Shuningdek, shu hafta boshida Xoshenshan shifoxonasi bemorlarni qabul qila boshladi, u 10 kun ichida qurilgan edi. Ikkinchi shifoxona 27 yanvarda qurila boshlangandi.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, koronavirus qurbonlari soni 724 nafarga etgan. Qurbonlarning faqatgina ikki nafari Xitoydan tashqarida vafot etgan.
Dunyo bo`yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni esa 34 878 taga, davolanganlar soni 2085 nafarga etdi.






