Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qo`shni davlatlar (Tojikiston, Qirg`iziston va Qozog`iston)dagi oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga o`qishini respublikamiz oliy ta`lim muassasalariga ko`chirish bo`yicha ariza qabul qilishga ruxsat berildi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o`qishini ko`chirish istagini bildirgan va o`qishi ko`chirilishga ruxsat berilgan fuqarolarga o`qiyotgan xorijiy oliy ta`lim muassasalarida tegishli hujjatlarni olish bilan bog`liq yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda O`zbekiston Respublikasining qo`shni davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari orqali amaliy yordam ko`rsatiladi.
Ma`lumot uchun:
O`zbekiston Respublikasining Qozog`iston Respublikasidagi elchixonasi
Favqulodda va muxtor elchi: Niyazxodjaev Saidikrom Farxodovich
Manzil: 010000, Nur-Sulton shahri, Komsomol massivi, Layli va Majnun ko`chasi, 7-uy
Telefon: +7 (7172) 95-42-52
Sayt: http://www.uzembassy.kz/
E-mail: kz.uzembassy@mfa.uz
O`zbekiston Respublikasining Qirg`iziston Respublikasidagi elchixonasi
Manzil: Bishkek sh., Chingiz Aytmatov ko`chasi, 177-uy.
Telefon: 996-312 98-62-95
Faks: 996-312 98-60-43
Sayt: http://kyrgyzstan.mfa.uz/
E-mail: uzbembish@elcat.kg
O`zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasi
Favqulodda va muxtor elchi: Shaismatov Ergash Raxmatullaevich
Manzil: 734003, Dushanbe shahri, Sanoi ko`chasi, 30-uy
Telefon: 992-37 224-76-57, 992-37-224-75-39, 992-37-224-75-42
Faks: 992-37 224-76-57
Sayt: http://uzbekistan.tj/
E-mail: ruzintaj@rambler.ru, embasuzbek@gmail.com, uzbekistantj@yandex.ru






