AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin bilan telefon muloqotida Vashington bundan buyon koronavirus bilan bog`liq vaziyatga nisbatan xotirjam munosabatda bo`lishga va`da berdi.
Ria Novosti xabariga ko`ra, “Prezident Tramp Si Szinpin boshchiligidagi Xitoy rahbariyati va xalqi mazkur virusga qarshi kurashda g`olib chiqishiga ishonch bildirib, bu borada o`z ko`magini taklif qildi. AQSh Xitoyning iqtisodiy rivojiga shubha qilmaydi”, deyiladi bayonotda.
Si Szinpin Trampga ishonch va e`tirof uchun minnatdorlik bildirgan.






