AsosiyJamiyat

Is gazi: Bog`ot tumanida er-xotin, Sho`rchida esa bir kishi vafot etdi

'Is gazi: Bog`ot tumanida er-xotin, Sho`rchida esa bir kishi vafot etdi'ning rasmi

Kecha, 6 fevral kuni 3 kishining is gazidan zaharlanib vafot etganlik holati qayd etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Birinchi holat Surxondaryo viloyatida sodir bo`lgan bo`lib, aniqlanishicha 6 fevral kuni soat 12:30 larda Sho`rchi tumani, Do`stlik mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug`ilgan E.A. yashash uyining yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Shuningdek, shu kuni soat 04:10 larda Bog`ot tumani, Sohibkor mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan G.Q. va uning turmush o`rtog`i, 1977 yilda tug`ilgan E.B.lar yashash uyining yuvinish xonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar