AsosiyDunyo

Tojikistonda harbiy xizmat muddati qisqartiriladigan bo`ldi

'Tojikistonda harbiy xizmat muddati qisqartiriladigan bo`ldi'ning rasmi

Tojikiston Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Umumiy harbiy xizmat va harbiy majburiyat to`g`risida”gi qonunga kiritiladigan o`zgartirishlarga ko`ra, mamlakat armiyasidagi xizmat muddati bir yarim yilga qisqartiriladi.

Bu haqda 7 fevral kuni Dushanbeda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Adliya vazirining birinchi o`rinbosari Abdumannon Xoliqzoda ma`lum qildi.

Qonunga kiritilayotgan o`zgartishlardan ko`zlangan maqsad chaqiruvga majburan jalb qilish amaliyotiga barham berishdan iborat.

Har yili bahor va kuzda Tojikistonda armiyaga majburan chaqirish maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar o`tkaziladi. Abdumannon Xoliqzodaning ta`kidlashicha, qonunga kiritiladigan o`zgartishlarda muqobil armiya xizmati ko`zda tutilmagan.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, hozir Tojikistonda 600 mingdan ortiq chaqiruv yoshidagi yigitlar bor, ularning 150 mingga yaqini turli sabablar bilan harbiy xizmat o`tashdan ozod qilingan.

    Boshqa yangiliklar