O`zbekiston iste`molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi yurtimiz hududidagi dorixonalarda sotilayotgan niqoblar narxini o`rgandi.
Dorixonalar odamlarning sog`lig`i uchun emas, balki allaqachon mo`maygina daromad ko`radigan shaxsiy biznesga aylanib ulgurgan. Buning yorqin dalili esa, Koronavirus xabari tarqagandan so`ng niqoblarning narxini avtomatik tarzda ko`tarilganidan ko`rishimiz mumkin. Keling yaxshisi buni faktlar orqali ko`rsatamiz.
Respublika markazi hisoblangan Toshkent shahrida allaqachon niqob etishmovchiligi bor, bu 60 foiz dorixonalarni tashkil qiladi. Bor bo`lsa ham 1000 so`mdan 5000 so`mgacha.
Toshkent viloyatining 60 foiz dorixonasida 1500-2000 dan so`mgacha niqoblar sotiladi.
Namangan viloyatining 50 foiz dorixonasida esa 2000 so`mdan sotilyapti.
Farg`ona viloyatida esa bu ko`rsatkich 50 foiz dorixonalarda 1000 so`mni tashkil qilmoqda.
Andijon viloyatida deyarli 100 foiz dorixonalarning narxi 1000 dan 1500 so`mgacha.
Xorazm viloyatida o`rtacha ko`rsatkich 1500 so`m, ammo 70 foiz dorixonalarda niqob etishmovchiligi mavjud.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida esa deyarli 90 foiz dorixonada niqob yo`q. Bor bo`lsa ham 1500 so`mdan.
Navoiy viloyatining 70 foiz dorixonasida umuman niqob yo`q.
Sirdaryo viloyati, 85-90 foiz dorixonada niqob tugagan, narxi esa 1000 dan 1200 gacha.
Buxoro viloyati dorixonasining 70 foiz dorixonasida niqoblar 1500 dan 2000 gacha sotilmoqda, 30 foizida esa 1000 so`mdan sotilmoqda.
Jizzax viloyatidagi niqoblar narxi 500 dan 5000 so`mgacha
Koronavirus haqidagi xabar tarqaganidan hech qancha vaqt o`tmay dorixonalarda niqoblarning narxlari shu tarzda sezilarli oshdi. Bu hali dorixonalarning siz bilan biz bilgan “biznesi”, bilmaganlarimizga esa, aniqlik kiritib albatta sizga bayon qilamiz.






