G`uzor tumanidagi musiqa va san`at maktabida prokuror va yoshlar uchrashuvi o`tkazilgan.
Uchrashuvda aksariyat yoshlar ishga joylashish va kredit olish masalasida Tuman prokurori Bekzod Suyunovga murojaat qilgan.
Tuman hokimligi axborot xizmati xabariga ko`ra, prokuror bu borada sustkashlikka yo`l qo`ygan bank xodimlarini tanqid qilgan.
Aytilishicha, kredit olaman degan yoshlarga bank rahbar va xodimlari qupol muomalada bo`layotganligi misol qilingan.






