O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta`lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Energetika vazirligining tegishli qo`shma qarori qabul qilindi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Ushbu qarorga muvofiq respublikamiz hududlarida joylashgan to`rtta kasb-hunar kolleji, xususan, Taxiatosh energetika kasb-hunar kolleji, Nishon sanoat-energetika kasb-hunar kolleji, Shirin energetika va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji va Qibray tumani energetika kasb-hunar kolleji “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufiga o`tkazildi.
Farmon talablaridan kelib chiqqan holda, mazkur kollejlar “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Taxiatosh energetika kolleji”, “Nishon energetika kolleji”, “Shirin energetika kolleji” hamda “Qibray energetika kolleji” deb ataladi.






