Xalqaro boks federasiyasi (IBF) professional bokschilarning yanvar oyi uchun yangilangan reytingini e`lon qildi. Bu haqda GoSport.uz xabar berdi.
E`lon qilingan yangi reytingda ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) chempionlar qatorida ilk marta paydo bo`ldi. Murodjon o`tgan haftada Daniel Romandan (27-3-1 , 10 KO) ustun kelib chempionlik kamarlarini qo`lga kiritgandi.
Yarim o`rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) o`z vaznida rasman birinchi raqamli da`vogar nomini saqlab qoldi. Eslatib o`tamiz, u 30 mart kuni yaponiyalik Keita Obarani (21-4-1, 19 KO) ochkolar hisobiga mag`lubiyatga uchratgan va buning evaziga mart oyi uchun reytingda peshqadamga aylangandi. Abduqahhorov ayni vaqtda WBC reytingida to`rtinchi, WBO reytingida esa 8-o`rinni egallab turibdi.
Super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan boshqa bir o`zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) mazkur yo`nalish reytingida dekabr oyida bo`lgani kabi 6-o`rindan joy oldi. Super engil vazn toifasining yana bir vakili Shahram G`iyosov (9-0, 7 KO) ham o`tgan oydagi kabi 15-o`rinda qayd qilindi. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida oltinchi, WBO reytingida o`n uchinchi, WBC reytingda esa 30-o`rinda bormoqda. O`z navbatida Shahram G`iyosov WBA reytingida ettinchi, WBC reytingida esa 21-o`ringa joylashib olgan
IBF reytingidan o`zbekistonlik boshqa bokschilar o`rin olmagan.






