AsosiyJamiyat

“O`zbekiston Temir yo`llari” AJga ishga joylashtirish 1100 AQSh dollariga baholandi

'“O`zbekiston Temir yo`llari” AJga ishga joylashtirish 1100 AQSh dollariga baholandi'ning rasmi

“O`zbekiston Temir yo`llari” AJga qarashli Xovos tumanidagi korxona mashinisti Sh. o`zining tanishlari orqali fuqaro A.dan “O`zbekiston Temir yo`llari” AJ tizimiga ishga kiritib qo`yish uchun 1100 AQSh dollari talab qilgan. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Ya`ni firibgar kimyoviy ishlov berilgan 1100 AQSh dollarni Xovos tumani hokimligi ma`muriy binosi yonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha Sirdaryo viloyat hududiy idoralararo komissiyasining Xovos shaharchasidagi “Temir yo`lchilar saroyi”da bo`lib o`tgan navbatdagi yig`ilishida aytib o`tildi.

Boshqa yangiliklar