Joriy yilning 3 fevral kuni fuqaro Sh. o`zining tanishlari orqali J.ni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Sirdaryo viloyat filialiga Tez tibbiy yordamga feldsher qilib ishga joylashtirish uchun 600 AQSh dollari pora olayotgan paytda ushlangan.
Bundan tashqari, shu kuni tezkor tadbirda Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi shifokori I. fuqaro X.ni Mirzaobod tuman davlat sanitariya epidimiologiya nazorati markaziga ishga kiritib qo`yish evaziga undan 500 AQSh dollari pul talab qilib olayotgan paytda ushlangan.
Bu haqda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha Sirdaryo viloyat hududiy idoralararo komissiyasining navbatdagi yig`ilishida ma`lum qilindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






