Amazon asoschisi Jeff Bezos kompaniyasining 1,74 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi. Bu haqda AQShning Qimmatli qog`ozlar bo`yicha komissiyasi ma`lumotlariga asoslanib "Forbes" xabar bermoqda.
Bezos nima uchun Amazon aksiyalarining bir qismidan xalos bo`lishga qaror qilgani noma`lum. Ammo uning qayd etishicha, u har yili bir milliard dollarga yaqin qimmatbaho qog`ozlarni sotadi. 2017 yilda Bezos bu pul uning boshqa loyihalarini - Blue Origin aerokosmik kompaniyasini moliyalashtirishga ketishini eslatib o`tgan.
Bezosning sof foydasi soliqlardan keyin 1,3 milliard dollarni tashkil etgan.
Yanvar oyi natijalariga ko`ra, Bezos 15 daqiqada 13 milliard dollar ishlab topishi ma`lum edi. Bu natija kompaniya choraklik daromadlar to`g`risidagi hisobotni e`lon qilgandan va Amazon aksiyalari narxi 12 foizga ko`tarilganidan keyin sodir bo`lgan.
Hozirda Jeff Bezos "Forbes" reytingiga ko`ra dunyoning eng boy odamlari ro`yxatida birinchi o`rinda. Uning boyligi 125,8 milliard dollarga baholanmoqda.






