AsosiyJamiyat

O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi rekord darajaga etdi

'O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi rekord darajaga etdi'ning rasmi

Tashqi shok holatlar yuzaga kelgan taqdirda zaxiralar mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» hisoblanadi. Markaziy bank (MB) O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari statistikasini yangiladi. 2020 yil 1 yanvar holatiga ko`ra rasmiy zaxiralar 29,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Xalqaro zaxiralar - 28.6 mlrd dollar. O`zbekistonning zaxiralari zaif diversifikasiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor xorijiy valyuta (12,4 mlrd dollar) va oltin (16,3 mlrd dollar) o`rtasida taqsimlangan.

 

Markaziy bank ushbu ma`lumotlarni oshkor qila boshlaganidan beri (2017 yil kuzida) birinchi marta rasmiy zaxiralar 29 milliard dollardan oshdi.

Ular asosan oltin narxining o`sishi hisobiga o`sdi, sababi oltinning o`zi 2019 yil oktyabr oyida bo`lgani kabi deyarli bir xil - 10,8 million troya unsiyasi (banklar va zargarlar tomonidan ishlatiladigan og`irlik birligi 31,1034768 gramm). Agar tonnaga aylantirilsa, bu 336 tonnaga teng.Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» deb ham hisoblanadi - ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning etarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog`liq.

2019 yil kuzida O`zbekiston 13 oylik importni moliyalashtirish uchun etarli zaxiraga ega ekani ma`lum bo`ldi. Bu tavsiya etilgan ko`rsatkichdan to`rt baravar ko`p.

Avvalroq, O`zbekiston oltinning bir qismini xorijiy obligasiyalarga almashtirishi haqida ma`lumotlar tarqalgandi. Xususan, Markaziy bank xorijiy obligasiyalar hisobidan oltin ulushini kamaytirish orqali o`z zaxiralarini diversifikasiya qilmoqda.

«Oltinning ulushi kamroq bo`ladi. Birinchidan, zaxiralarning o`zi ko`payib boradi, ikkinchidan, biz ko`proq oltin sotamiz», - degandi o`tgan yilning iyul oyi boshida Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmurodov.

Unga ko`ra, to`rt-besh yildan keyin o`zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar oltinni jahon bozorida to`g`ridan-to`g`ri sotish imkoniyatiga ega bo`ladi. Hozir esa xaridor mamlakat ichidagi oltinni so`mga sotib olib, ularni tashqi bozorda dollarga sotadigan Markaziy bankdir.

«Biz so`mning almashuv kursini qo`llab-quvvatlayotganimiz yo`q, tebranishlarni yumshatishga harakat qilmayapmiz. Bizning bozorda ishtirok etishimiz valyutani qo`llab-quvvatlashga aralashish emas, balki oltin sotib olish uchun kompensasiyadir», - deya tushuntirgandi Markaziy bank rahbari.

    Boshqa yangiliklar