Singapur sog`liqni saqlash vazirligining 5 fevral kuni xabar berishicha, mamlakatda yana to`rt kishida koronavirus aniqlandi. Bu bilan Singapurda virusni yuqtirib olganlar 28 nafarga etdi.
Ular orasida olti oylik chaqaloq ham bor. Singapur fuqarosi bo`lgan go`dakning ota-onasi ham “o`lim virusi” bilan kurashmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma`lumot uchun, 4 fevralda Singapurda ilk bor virusning odamdan odamga yuqish holati qayd etilgandi.






