Majburiy ijro byurosi hamda uning Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Mehribonlik uyi”da tarbiyalangan hozirda Byuroning Urganch shahar bo`limi davlat inspektori lavozimida faoliyat ko`rsatayotgan xodimning nikoh to`yi o`tkazib berildi. Bu haqida bizga MIBning matbuot xizmati raxbari Farruh Toshpo`latov xabar berdi.
Erkin Jonibekov, xodim:
— Menga Prezidentimiz Farmoni asosida Urganch shahrida qurilgan zamonaviy arzon uy-joy berildi. Bizdek mehrga tashna yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevga chin yurakdan minnatdorchiligimni bildiraman.
Ma`lumot o`rnida:
Nikoh to`yi Urganch shahridagi “Asr” to`yxonasida E.Jonibekovning hamkasblari, do`stlari, fahriylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o`tkazildi.
To`yga kelganlar yosh oilaga uzoq umr, baxt, chiroyli turmush va farzandlar tilashdi.






