AsosiyJamiyat

Istanbulda halokatga uchragan samolyot yo`lovchilari orasida O`zbekiston fuqarosi bo`lgan

'Istanbulda halokatga uchragan samolyot yo`lovchilari orasida O`zbekiston fuqarosi bo`lgan'ning rasmi

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra 2020 yil 5 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 18.00da (Toshkent vaqti bilan 20.00) Istanbul shahridagi aeroportga samolyotning qattiq qo`nishi oqibatida O`zbekiston fuqarosi B.S. jarohatlandi. U «Medikana» klinikasi joylashtirilgan. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti axborot berdi.

OAV xabarlariga ko`ra samolyot Izmir shahridan Istanbul shahriga ichki reysni amalga oshirgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hamyurtimizga yordam berish bo`yicha choralar ko`rmoqda.

Konsullik huquqiy departamenti Turkiya hududida bo`lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Anqara shahridagi Elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkin.

Avvalroq Istanbulda samolyot halokatga uchrab, 50 dan ortiq odam jabrlangani haqida xabar bergandik.

    Boshqa yangiliklar