AsosiyJamiyat

Respublikada bir oyda 9,2 mln. metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

'Respublikada bir oyda 9,2 mln. metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Energetika vazirlgi huzuridagi “O`zneftgazinchpeksiya”, majburiy ijro byurosi hamda “Hududgazta`minot” AJ bilan birgalikda tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilishini oldini olish bo`yicha amalga oshirilayotgan profilaktika chora-tadbirlar doirasida joriy yil yanvar oyidan 4 fevraliga qadar Respublika hududlari bo`yicha tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish bo`yicha 900 ga yaqin qoidabuzarliklar aniqlandi.

Umumiy foydalanilgan noqonuniy gaz hajmi miqdori 9 mln. 200 ming metr kubni tashkil etdi. Bu haqda “O`zneftgazinspeksiyaning” axborot xizmati xabar berdi.

Bo`lib o`tgan tadbir davomida eng jiddiy huquqbuzarliklar Qoraqalpog`iston Respublikasida aniqlandi. “RUAD” MChJ ga qarashli asfalt zavodida jami 67 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

Bundan tashqari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan keramik buyumlari ishlab chiqaruvchi “Xodjimamatov” korxonasi tomonidan gaz tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulanish holati aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra 48 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

Toshket viloyatida ham tabiiy gaz ta`minoti tizimiga o`zboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlangan. Qibray tumanida joylashgan U.Shaddulaevga tegishli issiqxona xo`jaligi tomonidan jami 123 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

Yana bir tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati Toshkent tumanida aniqlandi. A.Vohidovga tegishli issiqxona xo`jaligi tomonidan jami 60 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

Tabiiy va suyultirilgan gazdan to`g`ri hamda qonuniy foydalish chora-tadbirlari davom etmoqda

 

 

    Boshqa yangiliklar